O‘quvchi yoshlar uchun harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

0
562

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda “Milliy armiyamiz — Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir” shiori ostida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.

Yosh avlod qalbida harbiy vatanparvarlik va insoniylik tuygʻularini shakllantirib, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlashga yoʻnaltirilgan tadbirda Janubiy operativ qoʻmondonligi, faxriylar, harbiy pensionerlar va Termiz shahrida joylashgan umumta’lim maktablarining 300 nafardan ziyod oʻquvchilari ishtirok etdi.

Harbiy qism saf maydonida tinchligimiz posbonlari oʻquvchi yoshlar uchun koʻrgazmali chiqishlar uyushtirdi, Termiz garnizoni harbiy okerstri tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlari esa yig‘ilganlarga bir olam quvonch, zavqu-shavq ulashdi.

Ochiq eshiklar kuni rejasiga asosan oʻquvchi yoshlar guruhlarga boʻlinib, harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy harbiy texnika va qurol-yaroqlar, shuningdek, kutubxona va harbiy qism muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni