Harbiy xizmatchilar ishtirokida seminar trening o‘tkazildi

0
591

Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligida komandirlik lavozimidagi harbiy xizmatchilar bilan “Harbiy jamoalardagi muammolarni erta aniqlash va oldini olishda sotsiologik metodlarning oʻrni” mavzusida seminar trening boʻlib oʻtdi.

Unda harbiy psixologlar hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti sotsiologiya kafedrasi boshligʻi, professor Komil Kalanov va kafedra dotsenti Xusan Akramovning harbiy xizmatchilar oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni erta aniqlash va oldini olishning samarali usullari haqidagi maʼruzalari tinglandi. Harbiy xizmatchilarga mavzu boʻyicha bir necha sotsiologik va psixologik metodlarni qoʻllash tavsiya etildi.

Davra suhbati, samimiy muloqot tarzida oʻtgan treningda komandirlar oʻzlariga zarur bilim va koʻnikmalarni oldilar.

Tadbir yakunida harbiy xizmatchilarga tarqatma materiallar taqdim etilib, mavzu yuzasidan videolavha namoyish etildi.

Muattar MELIYEVA, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti