Harbiy prokuratura xodimlari kursantlar bilan o‘quv darslarini yo‘lga qo‘ydi

0
595

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi xodimlari tomonidan Qurolli Kuchlar akademiyasi professor-oʻqituvchilari bilan hamkorlikda kursantlar bilan oʻquv darslari oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.

Jumladan, bugun, 20-dekabr kuni akademiya 2-kurs kursantlari bilan huquqiy fanlar sikli katta oʻqituvchisi T.Tillayev, dotsent A.Ahmedov hamda respublika harbiy prokurorining katta yordamchisi adliya polkovnigi Sh.Xayitov tomonidan “Urush va qurolli mojarolar xalqaro huquqini buzganlik uchun javobgarlik” boʻyicha ochiq maʼruza mashgʻuloti oʻtkazildi.

Qiziqarli va hayotiy misollar bilan boytilgan bahsli tarzda oʻtkazilgan darsda kursantlar mavzu yuzasidan zarur bilmlarga ega boʻldilar.

Bu usulda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish amaliyoti kelgusida ham davom ettiriladi.