Jahon chempioni Ruslan Nuriddinov kutib olindi

0
872

Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi, kapitan Ruslan Nuridinov Kolumbiyaning Bogota shahri mezbonlik qilayotgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida yana bip marta jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro ayeroportida jahon chempioni tantanali ravishda kutib olindi.

Maʼlumot uchun, Ruslan Nuriddinov dast koʻtarish mashqida 177 kg, siltab koʻtarishda 220 kg va umumiy hisobda 397 kg bilan ushbu vazn toifasida tengsiz ekanini koʻrsatib, 3 yoʻnalishda oltin medallarga egalik qildi.

Bu uning faoliyatida jahon birinchiligidagi ikkinchi chempionlikdir.

Roʻziqul Ochilov, Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti