Harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

0
665

Fargʻona harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida IIB ekspert-kriminastik boʻlimi, Sud-tibbiy ekspertiza byurosi, Yongʻin texnik ekspertiza markazi ekspertlarini jalb qilib, harbiy qismlar va muassasalarda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari ishtirokida “Hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish tartibi va asoslari” va “Ekspertiza tayinlash asoslar va turlari ” mavzularida oʻquv-amaliy mashgʻuloti oʻtkazildi.

Unda viloyatda joylashgan Qurolli Kuchlar tizimidagi harbiy qism va muassasalarda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi harbiy xizmatchi va xodimlar ishtirok etdi.

Oʻquv mashgʻuloti davomida harbiy prokuratura hamda IIB EKB va Yongʻin texnikaviy ekspertiza markazi xodimlari koʻrgazmali mashgʻulotlar oʻtkazib, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar tomonidan berilgan savollarga javoblar berilib, oʻzaro fikr almashildi.

Bu kabi tadbirlar harbiy prokuratura organlari tomonidan barcha hududlarda oʻtkazilmoqda.