Harbiy oshpazlar tomonidan ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi

0
502

Markaziy harbiy okrugining Samarqand garnizonida Mudofaa vazirligi miqyosida  “Men g‘olib” shiori ostida o‘tkazligan “Dala oshxonasi” musobaqasida peshqadam bo‘lgan harbiy oshpazlar tomonidan ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil qilindi. Unda autsorsing xizmatidagi oshpazlar, harbiy qism va muassasalardagi oziq-ovqat ta’minoti boshliqlari ishtirok etdi.

Mashg‘ulot kuzatuvchilariga dastlab qo’shinlarda vzvod xo’jaligi faoliyatini to’g’ri yuritish, shaxsiy tarkibga doimiy yashash joylarida va dala sharoitlarida taom tayyorlash, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va to‘g‘ri taqsimlash bo‘yicha amaliy darslar o‘tildi. Taom tayyorlash jarayonlari va sohaga doir yangi ma’lumotlar, ayniqsa, barcha uchun foydali bo‘ldi.

Yakuniy bosqichda moddiy-texnik ta’minoti mutaxassislari tomonidan o‘tilgan mashg‘ulotlar tahlil qilinib, ishtirokchilarga amaliyotda joriy etishlari uchun zarur tavsiyalar berildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati