Fotoreportaj: “Chimyon”da kuch tuzilmalari boʻlinmalari malaka oshirmoqda

0
901

Mudofaa vazirligi “Chimyon” togʻ tayyorgarligi oʻquv-mashqlar markazi harbiy xizmatchilarning togʻ tayyorgarligi boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirib borishda katta ahamiyatga ega. Bu yerda Vatan himoyachilari togʻli hududlardagi qiyin sharoitlarda jang olib borish boʻyicha oʻz tajribalarini boyitadi.

Shu kunlarda kuch tuzilmalari, xususan, Milliy gvardiya va DXX Chegara qoʻshinlari boʻlinmalari togʻ tayyorgarligi boʻyicha oʻtkazilayotgan oʻquv kurslarida ishtirok etmoqda. Mashgʻulotlar oʻquv-mashqlar markazining malakali yoʻriqchi mutaxassislari tomonidan zamonaviy metodlar asosida olib borilmoqda.

Katta leytenant Islomjon QOʻCHQOROV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti