Markaziy harbiy okrugda mutaxassislarning kasb bayrami nishonlandi

0
1184

Kuni kecha Markaziy harbiy okrugning Madaniyat va ma’rifat markazida an’anaviy tarzda har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadigan Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar hamda kadrlar organlarining kasb bayrami munosabati bilan tantanali bayram kechasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Mudofaa vazirligi ma’sul ofitserlari, Markaziy harbiy okrug qo’mondonligi, turli tashkilot va muassasalar vakillari, okrug miqyosidagi ushbu kasb fidoyilari, faxriylar va Qurolli Kuchlar ishchi xodimlari ishtirok etdi.

Marosimda so‘z olganlar milliy armiyamizning asosiy bo‘g‘ini, armiya madaniyati va uning kadrlar siyosatini belgilovchi kasb vakillarining mashaqqatli va sharafli faoliyatini e’tirof etdi.

Quvonarlisi, Markaziy harbiy okrug joriy yilda Mudofaa vazirligi miqiyosida “Ma’naviy-marifiy ishlarni tashkil etish bo’yicha eng ilg’or okrug” deya topildi.

Bayramona tadbirda joriy yilda vazirlik va okrug miqiyosida o‘tkazilgan Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar yo’nalishidagi ko‘rik-tanlovlarning g‘oliblari yuksak ehtirom bilan taqdirlandi, ko‘plab o‘z kasbining fidoyilari munosib rag‘batlantirildi.

Ushbu qutlug‘ sana konsert dasturi va bir-biridan go‘zal kuy-qo‘shiqlarga ulanib, barchaga birdek xursandchilik hamda yuqori kayfiyat baxsh etdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati