Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlar samaradorligi o‘rganilmoqda

0
980

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yoshlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish va faollashtirish maqsadida respublika ishchi guruhi tomonidan tumandagi mahallalar kesimida yoshlar siyosati o’rganilmoqda.

Xususan, Mudofaa vazirligi hamda Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari tomonidan yoshlar bilan Vatanparvarlik festivallari, davra suhbatlari hamda ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot tadbirlari o’tkazildi.

Masalan, tumanda joylashlashgan “Oltinsoy” MFY bo’lib o’tgan “Gulxan atrofidagi suhbat” orqali yoshlar muammolari o’rganildi hamda tegishli tashkilotlar orqali joyida hal qilindi. “Chinobod” hamda “Paxtakor” mahallalarida yoshlar bilan esa “Milliy armiyamiz — yoshlar nigohida” shiori ostida o‘tkazilgan harbiy vatanparvarlik festivali ertamiz egalari qalbida haqiqiy vatanparvarlikni, mardlik va jasoratni shakllantirishga asos bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

Festival doirasida Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan qurol-aslahalari va harbiy texnikalar namoyishi, faxriy qorovulning ko‘rgazmali saf chiqishlari va qo‘l jangi, Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlariga qarashli harbiy orkestr jamoasini musiqiy, Milliy gvardiya harbiy xizmachilari xizmat itlari bilan ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Bundan tashqari, Xatirchi tumanidagi mahalla yoshlari uchun Navoiy shahrida joylashgan harbiy qismda “Harbiy qismda bir kunim” loyihasi o’tkazildi.

Tizimli tarzda o‘tkazilayotgan targ‘ibot ishlari o‘sib kelayotgan yosh avlodni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ularni harbiy kasbga hurmat ruhida o‘sishlari uchun poydevor bo‘lmoqda. 

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati