Konstitutsiyaning 30 yilligiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

0
893

8-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan yurtimizda tantanali bayram dasturlari, anjuman va uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Jumladan, Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida ham ushbu qutlugʻ sana keng nishonlandi.

Tadbirda soʻz olganlar Konstitutsiyamizning milliy davlatchilikni shakllantirishdagi oʻrni, ijod erkinligining konstitutsiyaviy asoslari va normalar ijrosini taʼminlash xususida atroflicha fikr yuritdi. Asosiy qonunimiz inson qadr-qimmati, jamiyat erkin va farovon hayotining kafolati ekani yana bir bor eʼtirof etildi.

Tadbirda majmuada oʻz xizmat vazifasini sidqidildan bajarayotgan harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar ishchi-xizmatchilariga “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni hamda mudofaa vazirining “Mudofaa vazirligi faxriysi” koʻkrak nishoni bilan tantanali ravishda topshirildi.

Nargiza SAFAROVA, “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi matbuot xizmati