O‘quvchi yoshlar harbiy qism mehmoni bo‘ldi

0
634

Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligiga qarashli Qoʻqon shahrida joylashgan harbiy qismda maktab o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkillashtirildi”.

“Harbiy qismda bir kun” mavzusida o‘tkazilgan ushbu tadbirda yoshlar harbiy qism faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Harbiy xizmatchilarning saf tayyorgarligi, qurol-aslahalar, jangovar tayyorgarlik xonalari, harbiy qism kutubxonalarini koʻzdan kechirdi.

Shundan so‘ng, Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumani ixtisoslashtirilgan maktabi bilan harbiy qism qoʻmondonligi oʻrtasida memorandum imzolandi.

Ta’kidlash kerakki, yoshlarni jalb etgan holda tashkillashtirilayotgan bu kabi tabdirlar ularda vatanparlik ruhini oshirish, maktab davridanoq o‘g‘il-qizlarda harbiy xizmatga bo‘lgan ishtiyoqni yuksaltirishga qaratilgan.

Sherzod Egamberdiyev, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti