Harbiy xizmatchilar “Yashil makon” loyihasida faol ishtirok etmoqda

0
796

Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlar shaxsiy tarkibi tomonidan hududlardagi hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, harbiy prokuratura va boshqa davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi yuzasidan bir qator tadbirlar davom etmoqda.

“Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni bilan butun mamlakat boʻylab tatbiq etilgan umummilliy loyiha doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, Navoiy, Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlaridagi harbiy qismlar ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Loyihada harbiy xizmatchilar bilan yelkama-yelka turib, faxriylar hamda yoshlarning ishtirok etishi ertangi kunga boʻlgan ishonch va vatanparvarlik tuygʻularini yanda rivojlantirishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

“Yashil makon” doirasida hududlardagi taʻlim maskanlarida, mahalla fuqarolar yigʻinlarida boʻsh yotgan yer maydonlari o‘rnida bogʻ yaratish maqsadida 3 mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilib, obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti