Markazda navbatdagi bitiruv marosimi o‘tkazildi

0
1080

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida navbatdagi tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Samarqand viloyati “Nuroniylar”, “Yozuvchilar uyushmasi”, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirar ekan, markazda serjantlarni, ya’ni kichik komandirlarni tayyorlashda zamon talablariga javob beradigan samarali tizimni yaratilgani, ular o‘z malakasiyu mahorati bilan Qurolli Kuchlar saflaridan munosib o‘rin egallayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda Mudofaa vazirligi qo‘shinlari xizmat qilayotgan 90 dan ortiq harbiy xizmatchilar hamda IIV xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shinlarining 14 nafar kichik komandirlar bo‘g‘inidagi shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi kichik serjantlar tarkibiga navbatdagi III darajali serjant unvonlari, sertifikatlar va ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti