Mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari yig‘ini yakunlandi

0
1090

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona dala oʻquv maydonida mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokida boshlangan yig‘in yakuniga yetdi.

Unda, Fargʻona Andijon va Namangan viloyat hokimlari va ularning oʻrinbosarlari, shahar hamda tuman hokimlari haqiqiy harbiy xizmat muhitida mashgʻulot oʻtdilar.

Yigʻin yakunida ishtirokchilar Fargʻona garnizonidagi desantchilar harbiy qismda boʻlib, harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va oʻzlarining fikrlarini bildirdi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatining o‘tkazilgan shu kabi yig‘in ham yakuniga yetdi. 
Tadbirlar davomida oʻzining bilimi, jismoniy tayyorgarligi va faolligi bilan boshqalarga oʻrnak koʻrsatgan ishtirokchilar tantanali taqdirlandi.

Bundan tashqari, Toshkent harbiy okrugida ham mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokida boshlangan yig‘in yakunlandi.