Harbiy qismlardagi “Eng yaxshi kutubxonachi”lar aniqlandi

0
1558

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida harbiy qism komandirlarining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha maslahatchilari — madaniyat markazi boshliqlari o‘rtasida “Eng ilg‘or madaniyat markazi boshlig‘i, harbiy qism kutubxonalari va kutubxonachilari o‘rtasida “Eng yaxshi kutubxona” va “Eng yaxshi kutubxonachi” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqich tanlovi o‘tkazildi.

“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida o‘tkazilgan tanlovda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimi, shoir Safar Olloyor, Yozuvchilar uyushmasi o‘quv-metodika va harbiy vatanparvarlik bo‘limi boshlig‘i Ma’mura Zohidova, Milliy kutubxona xodimi Shoira Rahimova, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xodimi Muyassar Boltaboyeva, Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi Axborto kutubxona ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi Baxtiyor Jo‘rayev hakamlik qildi.

Murosasiz kechgan ko‘rik tanlovning yakuni bo‘yicha o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

“Eng yaxshi kutubxona” yo‘nalishida

  • 1-o‘rin — Toshkent harbiy okrugi;
  • 2-o‘rin — Sharqiy harbiy okrug;
  • 3-o‘rin — Markaziy harbiy okrug.

“Eng yaxshi kutubxonachi” yo‘nalishida

  • 1-o‘rin — Parvina Abduhamidova (MHO);
  • 2-o‘rin — Maftuna Jumayeva (JG‘MHO);
  • 3-o‘rin — Zeboxon Raupova (HHM va HHKQ).

“Eng ilg‘or madaniyat markazi boshlig‘i” yo‘nalishida

  • 1-o‘rin — Abbos Safaraliyev (TOQQQ);
  • 2-o‘rin — Gulzoda Mamatova (SHG‘HO);
  • 3-o‘rin — Feruza Ochilova (MHO).