Tarixiy qadamjolarni ziyorat etgan faxriylar

0
565

Hukumatimizning “Keksalarni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq mamlaktimizda 1-noyabrdan 30-noyabrga qadar “Keksalar turizmi oyligi” etib belgilangan.

Shu bois Markaziy harbiy okrug hamda Janubi-gʼarbiy maxsus harbiy okrug qoʼmondonliklarining tashabbusi bilan Samarqand hamda Qarshi garnizonlarida istiqomat qiluvchi faxriy, pensioner harbiy xizmatchilarning Samarqand shahri boʼylab sayohat qilishlari uchun imkon yaratildi.

Sayohat davomida shaharning qadimiy serjilo meʼmorchilik obidalari bilan tanishildi. Shuningdek, Samarqand shahridagi maʼrifat oʼchogʼlari boʼlgan kutubxonalar va muzeylar boʼylab sayohatlar amalga oshirildi.

Ta’kidlash kerakki, keksa avlod vakilllarni e‘zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko’rsatish xalqimizga xos fazilat. Shu bois Angren garnizonidagi harbiy qism targ‘ibot guruhi Ohangaron shahridagi “Saxovat” uyiga tashrif buyurib, u yerda istiqomad qiluvchi nuroniy otaxon-u onaxonlar holidan xabar oldi.

Tashrif davomida nuroniylarning ko’nglini xushnud qiluvchi dil so‘zlari bildirilib, go‘zal kuy-qo‘shiqlar bilan ularga ko’tarinki kayfiyat ulashildi.