Qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida

0
740

Qashqadaryo viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan Qarshi shahar aholi dam olish markazida “Qonun buzilish holatlarining oldini olish va jinoyatchilikka yo’l qo’ymaslik chora-tadbirlari” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Qarshi harbiy prokurori, viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi, shahar bosh imom-xatibi hamda Qashqadaryo viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi boshlig‘i so’z olib, mavzu doirasida mazmunli ma’ruzalar qildi.

Korrupsiya nafaqat bir inson hayotini, balki butun bir millat kelajagini xavf ostiga qo’yguvchi noxush illat ekani alohida ta’kidlanib, korrupsiya uchun qonunchilikda belgilangan jazolar haqida to’xtalib o’tildi. Yig’ilganlarga har qanday jinoyat jazosiz qolmasligi, jazo esa nafaqat jisman qiyinchilik, balki ruhan isnod ekanini chuqur anglagan holda, Vatan ravnaqi yo’lida adolatli xizmat qilishlariga tilak bildirildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar batafsil javoblar berishdi, xizmat doirasidagi takliflar tinglanib, muhokama etildi.

Janubi-g’arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati