O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tashkil etilganiga 31 yil to‘ldi

0
897

1991-yil 23-noyabrda bo‘lib o‘tgan Armiya, aviatsiya va flotga ko‘maklashuvchi butunittifoq ko‘ngillilar jamiyatining VIII-qurultoyi qarori bilan O‘zbekistondagi “DOSAAF” negizida O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti jamoat birlashmasi sifatida tashkil etilgan edi.

Tashkilot Markaziy kengashi raisi etib general-mayor Jamshid Shaxmardanov saylangan. “Vatanparvar” tashkilotining asosiy vazifalari aholi, ayniqsa, yoshlarni mudofaaga tayyorlash, ularni sportning texnik va amaliy turlariga jalb etish hamda ommaviy texnik kasblarga o‘qitish etib belgilangan.

“Vatanparvar” tashkiloti o‘z faoliyati davomida mamlakatimizning haqiqiy ko‘makchisiga aylandi: minglab yoshlarni turli harbiy kasblarga tayyorladi, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyaladi hamda sportning texnik va amaliy turlariga jalb etib, mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda munosib hissa qo‘shdi. Shuningdek, tashkilot ko‘plab vatanparvar, fidoyi insonlarni, mohir mutaxassislarni va muvaffaqiyatli sportchilarni yetishtirdi.