Muqaddasdir Vatan bayrog‘i

0
2690

Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlarining birida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” shiori ostida havaskor rassomlar oʻrtasida tanlov o‘tkazildi.

Tadbirda Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qoʻmondoni polkovnik Jurʼat Yaqubov, Yozuvchilar uyushmasi Harbiy vatanparvarlik boʻlimi boshligʻi Maʼmura Zoxidova, Respublika harbiy sudi raisi Sadriddin Eshonqulov qatnashdi.

Tadbir davomida tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan mazmunli sahna koʻrinishlari, Vatan kuy-qoʻshiqlar ijro etildi, she’rlar o‘qildi, bu esa tadbir ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Tadbir so‘nggida Davlat bayrogʻini mohirona tasvirlagan yoshlar qoʻmondonning tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti