Kursantlar chet tilidagi bilimlari boʻyicha kuch sinashmoqda

0
714

Chet tillarini bilishning foydalari xususida koʻp gapiriladi. Haqiqatda ham xorijiy tillarni bilish kishining imkoniyatlarini oshiradi. Birgina misol qiladigan boʻlsak, internetdan foydalanish qamrovi yanada kengayadi. Koʻpchilik bitta xorijiy tilni bilgani sababli kerakli maʼlumotlarni internetdan asosan shu tilda izlaydi. Ammo chet tilini bilganlar undan yuz chandon ortiq bilimga ega boʻlishi turgan gap, boisi ular uchun ilk manbalar soni bir necha oʻn barobarga koʻpayadi.

Ayniqsa, harbiy sohada ham til bilish imkoniyat darajasini maksimal oshiradi. Shu bois harbiy taʼlim muassasalarida ham kursantlarning til oʻrganishlariga alohida eʼtibor qaratiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiy oliy taʼlim muassasalri kursantlari orasida muntazam oʻtkazilib kelinayotgan fan olimpiadasining bu yilgi respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.

Unda Qurolli Kuchlar Akademiyasi, Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari bilim va koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazishdi.

Fan olimpiadasida toʻrt bosqichda tashkil etildi. Nizom xalqaro mezonlar asosida tuzilgan boʻlib, unda yozish, oʻqish, tinglab tushunish va gapirish koʻnikmalari sinaldi. Respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoa MDH boʻyicha boʻlib oʻtadigan olimpiadaga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.

Roʻziqul OCHILOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti