Harbiy xizmatchilar “Yashil makon” loyihasida faol ishtirok etmoqda

0
855

Vazirlar Mahkamasining farmoyishi hamda mudofaa vazirining tegishli buyrugʻida belgilangan vazifalar ijrosini bajarish maqsadida joylardagi harbiy qismlarda ko‘chatlar ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda daraxtlar ekish, parvarishlash va koʻkalamzorlashtirish, ekalogiya va atrof muhitni muhofaza qilish, joylarda yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida Toshkent, Fargʻona, Xonobod, Angren shaharlaridagi hamda Pop tumanidagi harbiy qism shaxsiy tarkibi, mahalliy hokimyatlarga qarashli oʻrmon xoʻjaliklari xodimlari bilan hamkorlikda koʻchatlarni ekish va koʻkalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi.

Ta’kidlash kerakki, butun mamlakat boʻylab “Tabiat uchun birlashaylik” chellenji ham oʻtkazilmoqda. Unda sport tizimiga taalluqli barcha tashkilotlar, jumladan, viloyat va tuman sport boshqarmalari hamda Mudofaa vazirligi Sport markazi xodimlari mevali, manzarali va buta koʻchatlarini ekishmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti