Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olindi

0
530

Mudofaa vazirligiga qarashli Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan harbiy qismlardan birining bir guruh koʻngilli harbiy xizmatchilari ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar oldi.

Harbiy xizmatchilar tumandagi 1-sonli Muruvvat uyi va 24-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maktabgacha taʼlim muassasasiga tashrif buyurdi. Tadbirda harbiy qism mas’ul ofitserlari hamda hamkorlikdagi davlat va jamoat tashkilotlari ishtirok etdi.

Tashrif davomida ertamiz davomchilari bilan harbiy xizmatchilar ishtirokida uchrashuv oʻtkazilib, maroqli suhbat olib borildi.

Yakunda tarbiyalanuvchilarga zaruriy oʻquv qurollari va birlamchi ehtiyoj vositalari topshirildi.

Mayor Farruhbek Sotvoldiyev, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti