“Amir Temur jangovar bayrogʻi uchun” oʻtkaziladigan musobaqaga start berildi

0
1324

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida “Amir Temur jangovar bayrogʻi uchun” oʻtkaziladigan musobaqaga start berildi. Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida boʻlib oʻtgan ochilish marosimida mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosari, polkovnik Qodirjon Tursunov ishtirok etib, “Amir Temur jangovar bayrogʻi uchun” bellashayotgan jamoalarga omad tiladi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Qurolli kuchlari markaziy ashula va raqs ansamblining kuy va qoʻshiqlari namoyish etildi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, isteʼfodagi podpolkovnik Marat Hakimovning qoʻshiqlari musobaqa ishtirokchilarining jangovar ruhiyatini koʻtardi.

Asosiy shartlar ertadan boshlanishini inobatga olgan masʼullar, qurʼa tashlash marosimini oʻtkazishdi. Unda qaysi harbiy okruglar va qoʻmondonliklar bir-birlari bilan bellashishiga oydinlik kiritildi.

Sherzod Sharipov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti