AQSh delegatsiyasi Markaziy harbiy klinik gospitaliga tashrif buyurdi

0
975

Bugun, 14-noyabr kuni Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitaliga AQSh Qurolli Kuchlari markaziy qo‘mondonligining harbiy tibbiy xizmat mutaxassislaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Ikki mamlakatning harbiy tibbiyot mutaxassislari ishtirokida o‘tgan  muloqot chog‘ida amaliy hamkorlik ishlarini yanada kengaytirish, mutaxassislar o‘rtasida bilim va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi.

 

AQSh rasmiylari o‘z nutqlarida samimiy qabul uchun minnatdorlik ishor etib, ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy tibbiyot sohasida tajriba almashish hamda qo‘shma amaliy tadbirlar tashkil etish uchun tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Delegatsiyaning tashrifi an’anaviy do‘stona muhitda, ishonch va o‘zaro hurmat ruhida davom etmoqda.

Sherzod EGAMBERDIYEV,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti