Jizzaxda harbiy oilalar uchun mehnat yarmarkasi oʻtkazildi

0
560

Markaziy harbiy okrugning Jizzax garnizonidagi harbiy qismda garnizondagi barcha harbiy qism va muassasalardagi harbiy xizmatchilarning oila aʻzolari uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirda 50 ga yaqin davlat va jamoat tashkilotlari oʻzlarining 300 dan ziyod boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi, korxona va tashkilotlardan tashrif buyurgan vakillar harbiy oilalar uchun oʻzlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlari hamda oʻquv kurslari haqida batafsil maʼlumot berishdi.

Mehnat yarmarkasida asosan xizmat joyini oʻzgartirib yaqinda garnizonga kelgan harbiy xizmatchilarning turmush oʻrtoqlari oʻzlariga mos ish oʻrinlari bilan tanishdi va ayrimlari mutaxasissligi boʻyicha munosib ishga joylashdi.

Jumladan, yarmarka davomida 40 dan ortiq oila bilan ish beruvchilar oʻrtasida mehnat shartnomalari imzolandi. Bundan tashqari, 70 ga yaqin oilaga ishga joylashtirish va qayta malaka oshirish kurslarida tahsil olish boʻyicha yoʻllanma berildi.

Yarmarka davomida harbiy xizmatchilarning farzandlarini maktabgacha taʻlim tashkilotiga va umum taʻlim maktablariga joylashtirish masalari ham koʻrib chiqildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati