Jizzaxlik yoshlarni harbiylikka undagan uchrashuv

0
467

Markaziy harbiy okrugning Jizzax garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari va Sharof Rashidov tumanidagi 55-umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda milliy armiyamizga boʻlgan qiziqishlarini yanada ortirish maqsadida harbiy qism komondiri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mamlakatimizdagi oliy harbiy taʼlim muassasalari va qoʻshin turlari haqida maʼlumotlar berildi.

Yoshlar esa oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, milliy armiyamiz saflarida xizmat qilishga boʻlgan istaklari yuqoriligini namoyish etishdi.

Uchrashuv yakunida Jizzax garnizoni harbiy orkestr jamoasi tomonidan yangragan tinchlikni, ona Vatanni ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlar oʻquvchi yoshlarga xushkayfiyat ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati