Termizda mahalla yetakchilari bilan amaliy seminar tashkil etildi

0
488

Termizda hududlar kesimida mahalla yetakchilari bilan “Mahallalarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari: mavjud muammolar va ularning yechimi” mavzusidagi amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Isroil Sobirov, O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligining Surxondaryo viloyat boshqarmasi, harbiy qism komandirlarining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosalari, Surxondaryo viloyat Mudofaa ishlar boshqarmasi vakillari hamda Termiz shahar hududlar kesimidagi mahalla yetakchilari ishtirok etdi.

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish masalalari tadbirning asosiy mavzularidan biri bo‘ldi. Xususan,  yoshlar yetakchilariga ertamiz egalarini harbiy-vatanparvarlik, milliy g‘urur ruhida tarbiyalashda va shu maqsadda o‘tkaziladigan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil qilishga ko‘maklashish, shuningdek, mazkur yo‘nalishda yagona fikr va yondashuvga tayanish borasida tinglovchilarga zarur tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida mahalla yetakchilari o‘zlarining qiziqtirgan savolariga malakali mutaxasislar tomonidan atroflicha javob oldi.

Bu turdagi seminarlar Surxondaryo viloyatining boshqa tumanlarida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni