Tibbiyot xodimlari aql gimnastikasida bahslashishdi

0
580

Prezidentimizning “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq har yili ikki marotaba vazirlik, idora va tashkilotlarda xodimlar o‘rtasida “Shaxmat kunlari” o‘tkaziladi.

Shaxmatni aholi orasida keng targ‘ib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishiga hissa qo‘shish hamda tibbiyot xodimlariga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan Qurolli Kuchlar akademiyasida musobaqa o‘tkazildi. Unda Toshkent garnizonida joylashgan harbiy-tibbiy muassasalar, harbiy qismlarning tibbiyot xodimlari ishtirok etdilar.

Kun mobaynida davom etgan aql gimnastikasida bellashgan ishtirokchilar o‘zlarining bu boradagi salohiyatlarini yana bir bor sinab ko‘rdilar.

Gʻoliblar mutasaddilarning Faxriy yorliq va sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Aziz NORQULOV,
Mudofaa vazirligi Axborot va
Ommaviy kommunikatsiyalar departamenti