Harbiy gospitalda yana bir murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi

0
2151

Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitalida ochiq yo‘l bilan yurak sohasida yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

Harbiy bemorda yurak qontomirlari tiqilishi natijasida ochiq yo‘l bilan kam invaziv, ya’ni kichik kesma orqali yurakka yengil tomirlarni qo‘yish amaliyoti bajarildi. Shu orqali bemorning nafaqat yuragiga, balki hayotiga yangi mazmun bag‘ishlandi. Endilikda u tez orada safga qaytishi mumkin.

– Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali operatsion blokida bu turdagi murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish uchun xalqaro standartlarga javob beradigan barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud. Shu sababli navbatdagi jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi, – deydi kardiojarroh Maqsud Murodov. – Ishlab turgan yurakda qariyb bir soat davom etgan ushbu jarrohlik amaliyotini xorijda malaka oshirgan hamkasblarimiz bilan birgalikda bajardik. Hozirgi vaqtda bemorning ahvoli barqaror darajada.

Leytenant Dilshod RO‘ZIQULOV,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti