Qo‘mondon o‘quvchi yoshlarning savollariga javob berdi

0
1161

Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlarning birida «Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz» mavzusida qo‘mondon va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda qo‘shinlar qo‘mondoni polkovnik Jur’at Yaqubov, qo‘mondonlikning Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlari harbiy xizmatchilari, shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi Markaziy apparati hamda Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi mas’ul vakillari, Toshkent tumanidagi 11-sonli, Qibray tumanidagi 3-sonli va Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 122-umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar bugungi kunda yoshlarimizga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar xususida to‘xtalib, ularni vatanparvarlik, fidoyilik va faollikka chaqirdilar. Shuningdek, qo‘shinlar qo‘mondoni polkovnik Jur’at Yoqubov  yoshlarning savollariga atroflicha javob berib, muvaffaqiyatga erishish borasida o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

 

Shu bilan birga o‘quvchi yoshlar harbiy xizmatchilar uchun  yaratilgan sharoitlar, harbiy qism hududida barpo etilgan yoshlar xiyoboni, adiblar bog‘i va Yangi O‘zbekiston muzeyi bilan yaqindan tanishdi. Tadbir davomida harbiy xizmatchilar tomonidan o‘quv-moddiy bazalari namoyishi hamda faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari va kitob yarmarkasi o‘tkazildi. Harbiy orkestr jamoasi tomonidan uyushtirilgan konsert dasturi ham shular jumlasidan.

Tadbir yakunida o‘quvchi yoshlarga qo‘shinlar qo‘mondonining esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalari topshirildi.  

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti