Samarqand garnizonida harbiy oilalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

0
567

Milliy armiyamizning qudrati harbiy xizmatchilarning jismoniy-ruhiy tayyorgarligi, shuningdek, ularning oila a’zolarining salomatligi bilan ham o‘lchanadi. Shu sabab Markaziy harbiy okrugning Samarqand garnizoni harbiy xizmatchilari oilalari uchun turli kasalliklarning oldini olish maqsadida navbatdagi chuqurlashtirilgan mavsumiy tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Unda Samarqand harbiy gospitali va viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassislari, xususan, nevropotolog, terapevt, okulist, xirurg, stomotolog, lor, kardiolog, endokrinolog, jarroh kabi 10 dan ortiq shifokorlar jalb etildi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikda EKG, UZI hamda analiz tahlil laboratoriyasining zamonaviy tashxis apparatlaridan foydalanildi. Harbiy oilalar tibbiy ko‘rik davomida mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiyalar, stasionar va ambulator sharoitda davolanish uchun yo‘llanmalarga ega bo‘ldi.

Bundan tashqari ularga chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tish davriyligi hamda oilada sog‘lom turmush tarzini yaratish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.

Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi gornizonlarda harbiy oilalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlari davom etmoqda.

 Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati