Qo‘shinlarda ommaviy sport ishlari ko‘rigi davom etmoqda

0
1035

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida ommaviy sport ishlari ko‘rigi davom etmoqda. Jumladan, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi harbiy xizmatchilari ham vazirlik miqyosidagi mazkur ommaviy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ommaviy sport ishlari ko‘rigiga Buxoro hamda Muborak garnizonida joylashgan harbiy qismlar, shuningdek, okrug boshqaruv apparati harbiy xizmatchilari to‘liq jalb etildi. Unda yurt himoyachilari yosh guruhlariga qarab turnikda tortilish, turnikda aylanish, 1 va 3 kilometr masofaga yugurish kabi bir qator harbiy sport me’yorlarini bajardi.

Qo‘shinlarda tashkil qilinayotgan mazkur tadbirlar harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini to‘liq sinovdan o‘tkazib, ularning ham jismonan, ham ruhan jangovar shayligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati