Qurolli Kuchlar akademiyasida kitobsevar harbiylar viktorinasi bo‘lib o‘tdi

0
635

Qurolli Kuchlar hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyalari kursantlari o‘rtasida “Ajdodlar jasorati – ibrat maktabi” shiori ostida “Kitobsevar harbiylarmiz” viktorinasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda kursantlar uch shart bo‘yicha bellashdilar. Ya’ni, tanishtiruv, ifodali o‘qish, lavha shartlari.

Tadbir fayzli, bayramona tarzda kechdi. Ayniqsa, akademiya umumqo‘shin fakulteti kursantlarining Sohibqiron Amir Temur, sulton Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Qodiriyning hayotidan tayyorlagan sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlar tomonidan qizg‘in kutib olindi.

Yakuniy natijalar sarhisobiga ko‘ra, g‘oliblik Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi kursantlariga nasib etdi.

Inobat IBROHIMOVA, Mudofaa vazirligi Axborot va
ommaviy kommunikatsiyalar departamenti