“Vatan tayanchi” harakati a’zolarining safi ortib bormoqda

0
1087

Navoiy garnizonidagi harbiy qismlarning birida Navbahor, Karmana, Qiziltepa, Xatirchi, Nurota va Konimex tumanlari hamda Zarafshon, Navoiy shaharlaridagi umumta’lim maktablarining chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik rahbarlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Unda Mudofaa vazirligi “Vatan tanyanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati rahbari polkovnik Bahrom Zulfiqorov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi Qarori mazmun-mohiyati, harakatning faoliyat mexanizmlari hamda otryadlarning shakllantirilishi to‘g‘risida tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, harakatning Navoiy viloyati vasiylik kengashi mutasaddilari, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi faxriylar va jamoatchilik kengashi a’zolari, tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari boshliqlarining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo’yicha o‘rinbosarlari hamda “Vatan tayanchi” harakati bo‘linma boshliqlari Prezident qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.

Tadbir davomida harbiy qismda tashkil qilingan o‘quv-moddiy baza ko‘rgazmasi seminar ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati