“Eng ilgʻor mutaxassis” musobaqalarining okrug bosqichi nihoyasiga yetdi

0
1764

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Buxoro garnizonida joylashgan harbiy qismda oʻtkazilgan muddatli harbiy xizmatchilar oʻrtasida “Men gʻolib” shiori ostidagi “Eng ilgʻor mutaxassis” musobaqalarining harbiy okrug bosqichi o‘tkazildi.

Tantanali marosimdan soʻng oʻquv xonalarida askarlarning nazariy bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Harbiy sohaga oid bilimlari chig‘iriqdan o‘tkazilgan muddatli harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarliklari ham tekshirildi.

Buxoro dala oʻquv maydonida askarlarning jangovar texnikalarni boshqarish mahorati, ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanish, otish tayyorgarliklari birma-bir sinovdan oʻtkazildi. Jami 30 ta yoʻnalish boʻyicha eng ilgʻorlarni saralagan musobaqaga barcha ishtirokchilar yuqori tayyorgarlik bilan kelgani birinchilik uchun murosasiz kechgan bahslarda namoyon bo‘ldi.

Malakali mutaxassislar nazorati ostida shaffof tarzda oʻtgan bellashuv gʻoliblari tantanali marosimda munosib taqdirlandi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati