“Eng ilg‘or hamshira—2022” ko‘rik-tanlovi nihoyasiga yetdi

0
1627

Qarshi shahridagi “Mo‘lla To‘ychi Toshmuhammedov” nomidagi Qashqadaryo viloyat drama teatri binosida “Eng ilg‘or hamshira—2022” tanlovi bu yil ham murosasiz bahslarga boy tarzda kechdi.

Musobaqani Janubi-g’arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni o’rinbosari polkovnik Isroil Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi va tibbiyot sohasi xodimlarining jamiyatda o‘rni naqadar muhim ekanini ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Mudofaa vazirligi tasarrufida xizmat qilayotgan eng ilg‘or hamshiralar 5 ta shartda o‘z bilim va qobiliyatlarini namyish etdi. Xususan, “Tanishtiruv”, “Test savollari”, “Tezkor savol-javob”, “Amaliy vazifa”, “Erkin mavzu” singari bir-biridan qiziqarli shartlar ishtirokchilarning nafaqat tibbiyotda, balki oila va jamiyatda ham faol ekanliklarini ko‘rsatdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 3-o‘rin Markaziy harbiy klinik gospitali hamshirasi Dilnoza Nabiyevaga nasib etgan bo‘lsa, Qarshi harbiy gospitali hamshirasi Yulduz To‘rayeva 2-o‘ringa loyiq deb topildi. Samarqand harbiy gospitali hamshirasi Sarvinoz Boborahimova esa ko‘rik-tanlovning mutlaq g‘olibiga aylandi. 

Barcha g‘olib va sovrindorlarga diplom, esdalik hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati