Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan sayyor qabul o‘tkazildi

0
982

Toshkent viloyati Bekobod shahridagi Mudofa vazirligiga qarashli harbiy qism shaxsiy tarkibi va ularning oila aʻzolari ishtirokida sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

Unda harbiy qism komandiri, Bekobod shahar hokimligi vakillari, shahar xalq taʻlim boʻlimi xodimlari, bandlikka koʻmaklashish markazi mutasaddilari, shuningdek, Davlat xizmatlari markazi, bank va tibbiyot xodimlari ham qatnashdi.

Sayyor qabulda harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolarini qiynab kelayotgan muammoli masalalar koʻrib chiqilib, ayrimlari shu joyning oʻzida yechimini topgan boʻlsa, qolgan masalalar bo‘yicha mutasaddi xodimlarga koʻrsatmalar berilgan.

Harbiy xizmatchilarning oilalarida uchrab turadigan muammoli masalalar, yaʻni maktabgacha taʻlim, maktab va bandlikni taʻminlash boʻyicha koʻplab murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ular joyida hal etilgan. Bundan tashqari, tijorat banklaridan tashrif buyurgan xodimlar tomonidan murojaatchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berilgan.

Sayyor qabul yakunda barcha hamkor tashkilotlar bu kabi tadbirlarni tizimli ravishda doimiy oʻtkazishga kelishib olgan.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti