Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan o‘ziga xos dars

0
985

Termiz garnizonida Surxondaryo viloyatida joylashgan umumtaʼlim maktablarida faoliyat olib borayotgan chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari bilan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati rahbari polkovnik Bahrom Zulfiqorov ishtirok etib, harakatning asosiy vazifasi va maqsadini tushuntirib o‘tdi. 

Shuningdek, Janubiy operativ qoʻmondonligi boshligʻi oʻrinbosari polkovnik Alisher Shirinov Surxondaryo viloyatida joylashgan barcha umumtaʼlim maktablari bilan vatanparvarlik dars soatlarini Zoom dasturi orqali harbiy qism komandirlari va muassasa rahbarlari ishtirokida haftada bir marotaba oʻtkazni rejalashtirib oldi.

Bu turdagi o‘ziga xos dars mas’ul ofitserlar tomonidan ijobiy baholandi. Bahrom Zulfiqorov hamda Alisher Shirinov ishtirokida o‘tgan dastlabki darsda Termiz shahri va tumanida joylashgan jami 78 ta umumtaʼlim maktablari vakillari qatnashdi.

Mazkur dars davomida oʻquvchi yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddi rahbarlardan atroflicha javoblar oldi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni