Termizda harbiy xizmatchilar uchun zamonaviy uy joylar tantanali topshirildi

0
1104

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan “Manguzar” MFY hududida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun bunyod etilgan koʻp qavatli uy-joylarni oʻz egalariga tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Bayramona tadbirda Janubiy operativ qoʻmondonligi boshligʻi polovnik Poʻlatjon Sativaldiyev, Termiz shahar hokimi Oʻktam Toʻrayev, davlat va jaomatchilik vakillari, faxriylar, harbiy xizmatchilar va yangi xonadon sohiblari ishtirok etdi.

Mazkur to‘qqiz qavatli turar joy binolari zamonaviy loyihalar asosida “SaodatBonu Aziza Termiz” xususiy korxonasi tomonidan barpo etilgan boʻlib, u yerda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun 3 xonali xonadonlar o‘rin olgan. Kalitlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni