“Til — millat ko‘zgusi”

0
654

Bugun oʻzbek xalqining shonli yoʻlni bosib oʻtgani haqida xabar beruvchi bayramlardan biri. Bundan roppa-rosa 33 yil avval 1989-yil 21-oktyabr kuni oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan edi. Necha yildirki, xalqimiz bu sanani cheksiz iftixor bilan nishonlab kelmoqda. Shu munosabat bilan yurtimiz boʻylab turli tadbirlar tashkil etildi.

Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi ixtisoslashtirilgan 171-umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan tadbir oʻquvchi yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir ishtirokchilari boʻlgan oʻquvchilarning bir nechasi rus, qozoq millatiga mansub boʻlsada oʻzbek tilini sevishi va unga atab bir qancha sheʼrlar yozganligi haqida faxr bilan gapirdi.

Dasturdan oʻrin olgan sahna koʻrinishlari, milliy raqslar va oʻzbek tiliga oid qizgʻin savol-javoblar tomoshabinlarga koʻtarinki ruh bagʻishladi. Buyuk allomalarimizning til xususidagi hikmatli soʻzlari barchaga manzur boʻldi.

Muattar Muhammadiyeva, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti