Harbiy ta’lim fakultetida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

0
657

Farg‘ona davlat universitetida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizoni harbiy xizmatchilari, harbiy prokuratura va faxriylar ishtirokida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda bugungi yaratib berilayotgan imkoniyatlar, so‘nggi yillardagi islohotlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.
Harbiy ta’lim fakulteti talabalari bilan faxriylar suhbat qurib kelajak rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Shundan so‘ng fakultet otish tayyorgarligi mashg‘ulot xonasida tadbir qatnashchilari bilan ko‘rgazmali mashg‘ulotlar ham bo‘lib o‘tdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati