Farovon oila — jamiyat ravnaqining asosi

0
805

Jamiyatda oila-nikoh munosabatlarini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni yangi bosqichga ko’tarish, farzand tarbiyasi va oilada otaning oʻrni muhim komponent hisoblanadi.

Harbiy oilalarda sogʻlom maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash, namunali harbiy oilalarning hayotiy tajribasini ommalashtirish va yoshlarni oilaviy munosabatlarga tayyorlash maqsadida Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida “Mustahkam oila — yurt tayanchi” mavzusida kursantlar va xotin-qizlar kategoriyasi bilan alohida uchrashuv va muloqot tadbirlari oʻtkazildi. Tadbirda Mudofaa vazirligi Harbiy xizmatchilarning oilalari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi J.Qalandarov, Xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila-aʼzolari bilan ishlash boʻyicha bosh yetakchi mutaxassisi Z.Mansurova hamda soha vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab kursantlar tarkibi bilan yangi oilaviy hayotga qadam qoʻyayotgan yoshlarni oilaviy-huquqiy munosabatlarga tayyorlash, oilaviy hayot psixologiyasi, oila budjeti, shuningdek, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash borasida soha mutaxassislari tomonidan turli mazmundagi chiqishlar qilindi.

Soʻngra bilim yurti xotin-qizlar jamoasi bilan ijtimoiy fikr soʻrovnomasi hamda shukronalik kayfiyatini uyg’otuvchi kengaytirilgan muloqot tadbiri oʻtkazildi.

Bu kabi manzilli hamda maqsadli uchrashuvlarning oʻtkazilishi yangi hayotga qadam qoʻyish arafasida turgan kursantlar va muddatli harbiy xizmatchilarning oila-nikoh munosabatlariga boʻlgan qarashlarini oʻzgartiradi. Oilada otaning farzand tarbiyasidagi oʻrnini belgilab berishda muhim hisoblanadi.

Mayor Farrux Zokirov, Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻlimi boshligʻi