“Sarmarqand shahri kuni” keng nishonlandi

0
867

1996-yili sohibqiron Amir Temur tavalludining 660-yillik yubileyida Samarqand shahri “Amir Temur” ordeni bilan taqdirlangan va ushbu sana “Samarqand shahri kuni” deb belgilangan edi. Shundan buyon ushbu mazkur sana viloyatda keng nishonlanib kelinadi.

Bugun, “Samarqand shahri kuni” munosabati bilan tashkil etilgan asosiy bayram tadbirlari ham Amir Temur maqbarasini ziyorat qilish bilan boshlandi. Viloyat hokimligi, Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, korxona va tashkilotlar, taʼlim muassasalari hamda keng jamoatchilik vakillari, shuningdek, Samarqand shahri bilan birodarlashgan shaharlar vakillari tomonidan Sohibqiron haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shu zayl Samarqand shahrining xiyobon, ko‘cha va mahallalarida bayram tantanasi boshlandi. Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida shahar kuni munosabati bilan maktab o‘quvchilari hamda harbiy xizmatchilarning farzandlari tomonidan chizilgan rassomlik va qo‘lda yasalgan hunarmandchilik namunalari ko‘rgazmasi, turli ko‘ngilochar konsert dasturlari namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati