Buxoroda harbiy xizmatchilarning oilalarini ijtimoiy himoyasiga bagʻishlangan tadbirlar o‘tkazildi

0
828

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Jamiyatda ijtimoiy-maʻnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni yuzasidan mamlakatimizning turli hududlarida oilaviy munosabatlarni ijobiy hal etish, oilaviy ajrimlarni oldini olish boʻyicha amaliy sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Mudofaa vazirligiga qarashli Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida joylashgan harbiy qismda xizmat olib boruvchi harbiy xizmatchilar va ularning oila aʻzolari bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Mudofaa vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi oilalar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Jahongir Qalandarov, ijtimoiy-huquqiy masalalar sotsiologi Begzod Ilhombekov, oilalar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis Zulfiya Mansurova ishtirok etdi. Davra suhbatida soʻzga chiqqanlar, bugungi kunda harbiy oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vazirlik miqyosida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarga doir maʻlumotlar maʻruza qilindi.

 

Shuningdek, “Ota — oila ustuni”, “Oilada onalarning oʻrni” mavzusida suhbat yuritilib, harbiy xizmatchilarning oilalarida uchrab turgan muammolarni ijobiy hal etilishga doir maslahatlar berib oʻtildi hamda tadbir ishtirokchilariga qarzdorlik, jamiyatdagi odob-axloq qoidalari, oilaviy munosabatlar rukniga bagʻishlangan videorolik va slaydlar namoyish etildi.

Harbiy xizmatchilar oila aʻzolarining duch kelingan muammolari tadbir davomida ijobiy yechim topib, shu joyning oʻzida hal etildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti