Markazda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

0
555

Yoshlarni sohaga qiziqtirish, tizimda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish, ta’lim jarayonlarining qay yo‘sinda olib borilishiini bevosita kuzatish maqsadida Mudofaa vazirligi tasarrufidagi muassasalarda doimiy ravishda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazilib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi o‘tkazildi. Unda Urgut tumanidagi umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida markazning tashkil etilishi tarixi, yillar davomida takomillashib borishi, erishilgan yutuqlar hamda ta’lim jarayonlari aks etgan videorolik namoyish etildi. So‘ngra yoshlar markazning zamonaviy o‘quv sinflari, panoramali o‘q otish mashg‘ulotlar zalini ko‘zdan kechirdi.

Amir Temur va Jaloliddin Manguberdiga oid tematik sinflar yosh mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ta’kidlash kerakki, bunday tadbirlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kelajakda harbiylik kasbini tanlashida muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Kichik serjant Bahromjon Usmanov, markaz press-attashesi