Qoʻmondonlikda eng yaxshi kitobxon harbiy oila aniqlandi

0
662

Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahridagi harbiy qismlarning birida “Eng yaxshi kitobxon harbiy oila” tanlovining qoʻmondonlik bosqichi boʻlib oʻtdi.

 “Tanishtiruv”, “Badiiy asarlardagi obrazlarni sahnalashtirish” va “Bilimlar bellashuvi” kabi shartlardan iborat chin maʼnodagi kitobxonlar bellashuvida jami yetti harbiy oila ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va qoʻmondonlik ofitserlar tarkibidan iborat hayʼat aʼzolari ishtirokchilarning kitobxonligi, zukkoligi, sahna madaniyatiga rioya etishi va aktyorlik mahoratini baholab bordi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan tanlov natijalariga koʻra, Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida joylashgan harbiy qismning harbiy xizmatchisi leytenant Rustam Gʻofurovlar oilasi eng yaxshi kitobxon harbiy oila deb topildi va koʻrik-tanlovning final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Gʻolib va sovrindorlar qoʻmondonlik tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Eslatib oʻtamiz, Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida “Eng yaxshi kitobxon harbiy oila” tanlovi uch bosqichda tashkil etilib, yakuniy bosqich noyabr oyida oʻtkaziladi.

Shohista Abdurahmonova, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti