Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga ekskursiya

0
753

Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida Qashqadaryo viloyati Xalq taʻlimi boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda Koson tumani maktablarining oʻquvchilari va harbiy xizmatchilarning farzandlari ishtirokida oliy harbiy bilim yurtiga ekskursiya tashkil etildi.

“Milliy armiyamiz yoshlar nigohida. Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida tashkil etilgan tadbir davomida oʻquvchi yoshlarga kursantlarning oʻqishi va tahsil olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar tanishtirildi. Bilim yurti oʻquv fakultetining iqtidorli kursantlari tomonidan harbiy samolyotlar va vertolyotlar toʻgʻrisida maʻlumotlar berildi.

Yoshlar MiG-29, Su-25, L-39 harbiy samolyotlari va Mi-24, Mi-8 vertolyotlarining taktik- texnik tavsiflari hamda aviatsiya qurol-aslahalari bilan tanishdilar. Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi temetik sinflari, bilim yurti muzeyini ko‘zdan kechirish davomida oʻquvchilar aviatsiya tarixi, shu bilan birga, buyuk sarkardalar koʻrsatgan jasoratlari toʻgʻrisida katta taassurotga ega boldilar.

Shuningdek, tadbir davomida bilim yurti axborot resurs markazida “Uchinchi Renessans sari harakat: buyuk ajdodlarimizga munosib avlod boʻlish baxti” mavzusida debat oʻtkazildi. Yoshlar bilan ularning yuksak maqsadlari, jumladan, kelajakdagi rejalari toʻgʻrisida bir stol atrofida suhbat tashkil etildi. 

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad milliy armiyaning kuch va imkoniyatlari, Markaziy Osiyoda yogana boʻlgan Oliy harbiy taʻlim muassasasi faoliyati bilan yoshlarni tanishtirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Ekskursiya soʻngida mehmon yigitlarning aksariyati kelajakda mazkur bilim yurtida oʻqish istagini bildirdi.

Mayor Boburmirzo Soliyev, Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti