Mavsumiy texnik xizmat koʻrsatish bo‘yicha amaliy mashgʻulot o‘tkazildi

0
960

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizonida harbiy texnikalarga mavsumiy texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha koʻrgazmali mashgʻulot boʻlib oʻtdi. Mashgʻulotda okrug qoʻshinlari qoʻmondonining oʻrinbosari, okrug masʼul ofitserlari, harbiy qism komandirlari va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Ta’kidlash kerkaki, harbiy texnikalarni mavsumiy tayyorlash jarayonidagi xavfsizlik va texnika qoidalari, toʻgʻri ekspluatatsiya qilish boʻyicha aniq koʻrsatmalar, harbiy texnik vositalarga mavsumiy xizmat koʻrsatishda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan xato va kamchiliklarga oʻquv nuqta rahbarlari alohida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbirda harbiy texnika va qurol-aslahalarning jangovar shayligini taʼminlash, ularni soz holatda saqlashda koʻrsatilayotgan texnik xizmatlarning ahamiyati kattaligi taʼkidlandi. Har bir komandir, har bir harbiy xizmatchi oʻziga biriktirilgan qurol-yarogʻ va harbiy texnikaning soz va shayligi uchun masʼul ekanligi eslatildi.

Mashgʻulot davomida texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha yoʻriqnomalar va amaliy jarayonlar tartibi koʻrsatib berildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati