Eng ilgʻor mutaxassislar saralanmoqda

0
939

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan muddatli harbiy xizmatchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, kelgusida mutaxassis kontrak boʻyicha harbiy xizmatchilarni tayyorlab berish, muddatli harbiy xizmatchilar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish maqsadida “Men gʻolib” shiori ostida “Eng ilgʻor mutaxassis” koʻrik tanlovining okrug bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

Musobaqa Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining jangovar tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosari ishtirokida tantanali tarzda ochib berildi. Ochilish marosimida barcha ishtirokchilarga omad va zafarlar tilab, hakamlar hayʻati tanishtirib oʻtildi.

Musobaning ilk kunida muddatli harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarliklari hamda nazariy bilmlari sinovdan oʻktazildi.

Ta’kidlash kerakki, musobaqalar davomida “Eng ilgʻor nishonga oluvchi”, “Eng ilgʻor pulemyotchi”, “Eng ilgʻor KZRM mutaxassisi”, “Eng ilgʻor mutaxassis sapyor” va boshqa qator yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar saralab olinadi. 

Koʻrik tanlov shiddatli bahslarga boy tarzda oʻtmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati