Harbiy xizmatchilar Nurota tumani yoshlarini vatanparvarlikka chorlamoqda

0
848

Milliy armiya safida chinakam er yigitlar, mard o‘g‘lonlar xizmat qiladi. Aslida Vatanimiz tinchligini asrash nafaqat harbiylarimiz, mard o‘g‘lonlarimiz, balki barchamizning muqaddas burchimizdir. Hozirgi kunda ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ongida mamlakat Qurolli Kuchlaridan faxrlanish, harbiylik kasbiga hurmat tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida harbiy xizmatchilar tomonidan turli xil vatanparvarlik tadbirlari o’tkazib kelinmoqda.

Shu jumladan, Navoiy garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan Nurota tumanidagi eng olis hududda joylashgan 38-umumta’lim maktabi vatanparvarlik ruhida madaniy tadbir o’tkazildi.

Tadbirda jamoatchilik kengashi vakillari, faxriylar, mahalla faollari hamda o’quvchi yoshlar ishtirok etishdi. Unda mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, samaralari, harbiy xizmatchilar hayoti, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida to’xtalib o’tildi.

Shundan so’ng, yoshlar ishtirokida sport musobaqalari tashkil etildi. Yakunda o’quvchilar tomonidan tayyorlangan kuy-qo’shiqlar, raqslar yig‘ilganlarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Faol ishtirok etgan yoshlar esdalik sovg’alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati